ATAMALAR LUG`ATI 

Abbosiylar - Muhammad (s.a.v.) avlodiga mansub, 750 -1258-yillarda
Arab xalifaligini boshqargan sulola Akademiya - oliy ilmiy tashkilot Amid yl-mulk - davlat hujjatlari va clchilik aloqalari vaziri Arab xalifaligi - barcha hokimiyat Muhammad (s.a.v.)ning o'rinbosari
(xalifa) qo'lida to'plangan davlat. Arkon - dindagi eng muhim vazifa Begor - mahalliy aholiga yuklatilgan saroy, jamoat binolari, mudofaa va
sug`orish inshootlarini hamda yo`l
qurilish ishlarida ommaviy ishlab
berish majburiyati, muqaddas
ommaviy hashar Budun - chorvador aholi Charxfalak - "yer kurrasi" va "koinot" so'zlari ma'nosini beradi Charxparrak - sug'orish inshooti Chig'atoy - imperiya taqsimlanganda uning Chig'atoyga tekkan qismi.
Keyinchalik u Chig'atoy davlatiga
aylangan Chingiz - kuchli, qudratli, toza. Chokar - dehqon mulkini qo'riqlovchi, harbiy posbon Dehqon (qishloq hokimi) - ilk o'rta asrlarda mulkdor tabaqa Diplomatik aloqalar - davlatning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini
amalga oshirish borasidagi faoliyati Dodxoh - shikoyatlarni ko'ruvchi Etnik jarayon - kelib chiqishi bir- biriga yaqin bo`lgan turli qabila va
elatlarning asrlar davomida qo'shilib
borishi Etnik munosabatlar - aholining o'zaro aloqalari Etnogenez - xalqlarning nasl-nasabi, kelib chiqishi Falsafa - hayotdagi barcha narsa va hodisalarning aloqadorligini
o'rganuvchi fan Farmon - qonun kuchiga ega bo'lgan buyruq Fulus - misdan yasalgan mayda chaqa pul Go'rxon - Qoraxitoylar davlatining hukmdori G'oziy - Haq din uchun kurashu vchi jangchi Hadis (arabcha: rivoyat, naql) - Islom dinida Qur'ondan keyingi muqaddas
manba, Muhammad payg'barning
(s.v.a.) faoliyati va ko'rsatmalari
haqida rivoyatlar majmui. Harbiy taktika - jangda ko'zlangan maqsadga erishish uchun aniq
sharoitga mos ravishda jang olib
borishining tanlangan shakii va usuli. Hojib - harbiy unvon Iskandari soniy - Ikkinchi Iskandar Islohot - mavjud tartibni o'zgartirish Islom - "bo'ysunish", "itoat etish", "o'zini Alloh irodasiga topshirish"
degan ma'nolarni anglatadi. Ixshid - viloyat hokimi Jiz'ya - Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig'i Kadivar - qishloqning dehqonlarga qaram aholisi Kalom - islom ta'limotini asoslab beruvchi diniy ilm Kalon - hosilning 1/10 qismi hajmida olingan soliq Kashovarz - ziroatchi oddiy qo'shchilar Katolik missionerlari - katolik oqimini boshqa xalqlar orasida yoyish
maqsadida targ'ibot ishlari bilan
shug'ullanuvchilar Kudungar - matoga ohor beruvchi Kuhandiz (ark) - shaharning hokim qasri joylashgan qismi Lavvoh - lavha yasovchi usta Mafkura - ma'lum maqsadni ro'yobga chiqarish uchun xizmat
qiluvchi g'oyalar yig'indisi Markazlashgan davlat - mamlakatning barcha hudu dida
yagona hukmdor hokimiyati
o'rnatilgan davlat Mazdak ibn Hamdodon (470-529- yy.) - Eronning bosh kohini. U
dunyoning barcha boyiiklari
odamlarga teng taqsimlanishi
tarafdori bo'lgan va buni zo'rlik yu'li
bilan amalga oshirishni yoqlab
chiqqan Metafizika - sezgilar vosltasida anglab olish mumkin bo'lmagan
obyektlarni (sifat, mazmun, mohiyat,
hodisa) tadqiq etuvchi fan Moli omon - o'lpon Movarounnahr so'zi arabcha "daryoning narigi tomoni" degan
ma'noni anglatadi. Muallimus-soniy - ikkinchi muallim. Farobiy shu nom bilan ulug'langan Muhassil - soliq undiruvchi Mulk - xususiy yerlar Mulk yerlari - hukmron sulola vakillari mulkdor dehqon va
aslzodalar, shuningdek qishloq
aholisiga qarashli xususiy yerlar Mulki devon - davlat yeri Mulki inju - hukmdor va noiblariga qarashli yerlar Mulki sultoniy - hukmdorga qarashli davlat yeri Mulki vaqf - masjid va mad rasa yerlari Mulki xos - davlat solig'idan qisman yoki butunlay ozod etilgan oliy
martabali ruhoniylar va sayyidlarga
qarashli yerlar Muqanna - niqobli kishi Mustovfiy - moliya vaziri Mutafakkir - chuqur tafakkur iste'dodi egasi Muxolifot - mavjud hokimiyat siyosatiga qarshi kuchlar Muzofoti - hududi, yerlari. Muzoriy - ekin maydonlarida ishlov beruvchi yollanma ziroatchi Nasta'liq xati - arab mumtoz xati uslublaridan biri bo'Iib, anda yozilgan
yozuvlarning 5/6 qismi egri, 1/6
qismi esa to'g'ri chiziqlar asosida
yoziladi O'g'uzlar - O'rta Osiyoda yashagan turkiy qabila Pandus - maxsus ko'tarma Pir - oliy rahnamo Qam-shomon - Ko'k Tangriga sig'inuvchi yakka xudolik dini Qarluqlar - turkiy qabilalardan biri. Dastlab Oltoyning g'arbiy qismidagi
Irtish daryosi bo'yida yashaganlar Qopchur - chorva mollari bosh sonining 2,5% miqdorida olingan
soliq Rabod - shaharning tashqi mavzesi Rasadxona (observatoriya) - osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus
jihozlangan ilmiy muassasa va shu
muassasa joylashgan bino Sadr - diniy unvon. Vaqf mulklarining boshqaruvchisi Sadri a'zam - vaqf mulklari boshqaruvchisi Safforiylik - miskar hunarmandlar Sahhoflik - muqovasozlik Saljuqiylar - o'g'izlarning Saljuqbek boshchiligida ajralib chiqib, davlat
tashkil qilgan qismi Sanad - shahodatnoma Sarbadorlar - boshini dorga tikkanlar. Mo'g'ullar zulmiga qarshi
xalq qo'zg'oloni qatnashchilari Sarrojlik - egar-jabduq yasash Sarxang - kichik lashkarboshi Sayyid - oqsoqol Sayyidlar - Muhammad (s.a.v.)ning nabirasi Husayn avlodlari Sekstant - osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun
mo'ljallangan ko'zgu-qaytargichli
asbob Shahriston - shaharning ichki qismi Shayx ur -rais - donishmandlar sardori Shod - o'n ming qo'shin qo'mondoni Sohibi shurat - harbiy ishlar vaziri Sohibqiron - jahongir, saodatli, zafarli, g'olib hukmdor. Ikki qarn
egasi - Sharq va G'arb mulkdori Somoniylar - Buvoro vohasining yirik mulkdor hukmdorlarining
sulolaviy nomi Suyurg'ol - oliy hukmdor tomonidan in'om tariqasida berilgan yer-mulk Szindi - Pekin shahri. Tabl - katta nog'ora Tamg'a - savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq Tariqat - tasavvuf qoidalariga amal qilib yashash, ya'ni, komil inson
darajasiga erishishni ko'rsatuvchi yo'l Tasavvuf (sufiylik) - musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson
qadr-qimmatini yerga urmaslikka
chorlovchi, har kimni o'zining halol
mehnati bilan yashashga,
boshqalarning kuchidan
foydalanmaslikka da'vat etuvchi ta'limot Tavochi - qo'shin to'plovchi Tudun - viloyat hokimi Turkiston - turkiy aholi o'rnashgan o'lka Ulamo - din oiimlari Umaviylar - Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan sulola Ushr - hosilning 10% miqdorida olinadigan soliq Ushr - idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida
olinadigan soliq Valiahd - toj-u taxt vorisi. Hukmdor tirikligi davrida har ehtimolga qarshi
voris tayinlab qo'yardi Vaqf yerlar - masjid, madrasa, xonaqoh va maqbaralarga vaqtincha
yoki abadiy foydalanish uchun
berilgan yer Vazir - devonxona boshlig'i, bosh vazir Xiroj - hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig'i Xonaqoh - g'aribxona, musofirxona Xoqon - buyuk hukmdor, podshoh, imperator Xorazmshoh - Xorazm hukmdorlarining unvoni Xutba -juma namozida hukmdor nomini aytib, uning haqiga duo
o'qish, olqishlash Xvabu - qabila va urug' jamoalari oqsoqoli Yabg'u - el-yurt hokimi Yabg'u xoqon - xoqon urug'idan bo'lgan yurt hokimi Yasoq - dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq Yasovul - hukmdorning shaxsiy topshirig'ini bajaruvchi Yildirim - chaqmoq, yashin Zakot - mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq